Yamal “Barsa”ga shart qo‘ydi – OAV

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Lamin Yamal klub rahbariyatiga shart qo‘ydi. Bu haqda “Football transfers” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, futbolchi joriy yil yozda jamoaga top darajadagi markaziy hujumchi olib kelishni talab qilgan. Shu sababli klub “Atletiko Madrid” hujumchisi Xulian Alvares, “Hoffenhaym” a’zosi Fisnik Asllani, “Borussiya Dortmund” forvardi Serj Girassi va “Yuventus” vakili Dushan Vlahovich bilan aloqaga chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida, Lamin Yamal joriy mavsum klub safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol kiritdi va 14 bor jamoadoshlariga golli uzatma berdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining ayni vaqtdagi bozor qiymati 200 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 aprel kuni Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida “Barselona” o‘z maydonida “Atletiko Madrid”ga qarshi maydonga tushib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygandi. O‘yindan keyin kataloniyaliklar bosh murabbiyi Hansi Flik o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Barsa Yamal Hoffenhaym

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing