YeI “katta gapirishi” uchun dadil qadam tashlashi kerak – Meloni

Olam

image

Italiya Bosh vaziri Jorja Meloni Yevropa Ittifoqi yetakchilarining norasmiy uchrashuvidan oldin Germaniya kansleri Fridrix Mers va Belgiya Bosh vaziri Bart De Vever bilan uchrashdi. Suhbat davomida rasmiy agar YeI “katta gapirish”ni istasa, xalqaro muammolarga duch kelganda aniq choralar ko‘rishi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda ANSA nashri yozdi.

“Hammasi Yevropa Ittifoqi raqobatbardoshlik masalalariga aniq, samarali va tezkor javoblar bera olishiga bog‘liq, chunki endi vaqtni behuda sarflashning hojati yo‘q”, dedi Meloni tashkilotga a’zo 27 ta davlatdan 20 tasi ishtirok etgan sammit oldidan jurnalistlarga.

Meloni, shuningdek, Mers bilan yaqinda amalga oshirgan qo‘shma tashabbuslari Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronni chetga surib qo‘yishga urinish bo‘lganligi haqidagi xabarlarni rad etgan.

“Bu masalalarda, albatta, Berlin bilan o‘zaro strategiyamiz mavjud. Hozirda ikki tomonlama hamkorlik kuchaymoqda, ammo bu boshqalarga qarshi olib borilayotgan ish emas. Fransiya ham muzokaralarda ishtirok etmoqda”, dedi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron agar zarur choralar ko‘rilmasa, Yevropa besh yil ichida jiddiy inqirozga yuz tutib, yo‘qolib ketishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. Yetakchi o‘z bayonotida Yevropada ayrim muhim sanoat tarmoqlari – kimyo, avtomobilsozlik va stanoksozlik sohalarida keskin pasayish kuzatilayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, u bir tomondan Xitoy bilan savdo bosimi kuchayib, ikkinchi tomondan AQSH siyosatida beqarorlik mavjudligini qayd etib, Yevropa ushbu jarayonlarda tomoshabin bo‘lishi, yoki faol ishtirok etishi lozimligini urg‘ulagandi.

Musulmon Sodiq


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

EI Jorja Meloni “katta gapirish”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing