YeI Rossiyaga qarshi 19-sanksiya paketini tasdiqladi
Olam
−
19 Sentabr 3842 2 daqiqa
Bugun, 19 sentyabr kuni Yevropa Komissiyasi Rossiya gazi va banklariga nisbatan yangi cheklovlar to‘plamini imzoladi. Bu haqda YeI matbuot xizmati xabar berdi.
Bildirilishicha, yangi sanksiyalar paketining asosiy maqsadi Yevropa Rossiyadan qazib oladigan yoqilg‘idan daromadini kamaytirish, Rossiyadan suyultirilgan gazni Yevropa Ittifoqiga olib kirishni taqiqlash, qurol-yarog‘ va texnologiya eksportini to‘xtatish, neft narxini 47,60 dollarga cheklash, kompaniyalarga qarshi aktivlarni muzlatishdir.
“Afsuski, so‘nggi bir oy ichida Rossiya diplomatiya va xalqaro huquqqa nisbatan hurmatsizligini to‘liq ko‘rsatdi. U Ukrainaga qarshi urush davomida eng yirik dron va raketa hujumlarini uyushtirdi, hukumat binolari va fuqarolarning uylariga, bizning ittifoqimizning Kiyevdagi vakolatxonasiga zarba berdi. Ittifoqimizga tahdidlar ham ortib bormoqda. So‘nggi ikki hafta ichida Rossiyaning uchuvchisiz uchoqlari Polsha va Ruminiyada ham havo hududini buzdi. Bu tinchlikni xohlaydigan odamning harakatlari emas. Prezident Putin yana keskinlashdi. Bunga javoban Yevropa o‘z bosimini oshirmoqda. Shuning uchun bugun men 19-sanksiya paketimizni taqdim etaman”, degan Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen.
Shuningdek, YeI yetakchisi Rossiya Ukraina bilan adolatli va mustahkam tinchlik uchun muzokaralar stoliga o‘tirmaguncha sanksiyalar joriy qilishda davom etishini aytib, Yevropa boshidanoq Ukraina tomonida bo‘lganligini ta’kidlagan.
“Biz bu shafqatsiz urushni tugatish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Men YeI ga a’zo davlatlarni ushbu yangi sanksiyalarni tezda ma’qullashga chaqiraman. Biz Rossiyaning jang maydonini tark etib, muzokara stoliga kelishini istaymiz. Bu tinchlik uchun haqiqiy imkoniyat berishning yo‘lidir”, deya nuqtini tamomlagan fon der Lyayen.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan agressiv urushi munosabati bilan yangi sanksiyalar joriy qilayotganligi haqida xabar berilgan edi.
Bunyod Keldiboyev
Live
Barchasi