Yomg‘irdan keyin ham Toshkent havosi tozalanmadi. Bunga sabab nima?

Jamiyat

image

Kecha, 4 dekabr kuni Toshkent shahrida yomg‘ir yog‘di, biroq bu bilan havo tozalanmadi. O‘zgidromet buning sababini tushuntirdi.

Qayd etilishicha, yog‘ingarchilikka qaramay, 5 dekabr kuni tongda poytaxtda PM2.5 konsentratsiyasi yana ruxsat etilgan me’yordan yuqori bo‘lgan.

Toshkent shahridagi atmosfera havosini avtomatik kuzatish stansiyalarining ma’lum qilishicha, soat 09:00 holatiga ko‘ra:

  • RM10'ning mayda dispers zarrachalari miqdori 88,5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REM (300 mkg/m3) dan oshmadi;
  • PM2,5 mayda dispers zarrachalarining miqdori 64 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu REMdan 1,07 baravar (60 mkg/m3) oshdi.

Bildirilishicha, haroratning o‘zgarishi ko‘rsatkichlarning oshishiga olib kelgan.

“Haroratning keskin o‘zgarishi inversiya jarayonini keltirib chiqaradi, bunda atmosferadagi mayda dispers zarrachalar cho‘kadi va ularning ko‘rsatkichlari oshadi”,  deya tushuntirdi O‘zgidromet.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yil 3 dekabr kuni Toshkent havosi sezilarli darajada tozalangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Yomg'ir havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing