Yong‘in “Korzinka”da sodir bo‘lmadi – Zafar Hoshimov
3-sahifa
−
31 yanvar 9125 1 daqiqa
Avvalroq, Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi “Aviator” savdo-ko‘ngilochar markazida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Yong‘in o‘chog‘i binoning ikkinchi qavatida sodir bo‘lgan va u yerda “Korzinka” do‘koni joylashmagan. Bu haqda “Korzinka” savdo tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
Unga ko‘ra, “Aviator” savdo markazining birinchi qavatida joylashgan “Korzinka” supermarketi ijara huquqi asosida faoliyat yuritadi, ushbu bino “Korzinka”ga tegishli emas. Yong‘in “Korzinka” do‘koni hududidan tashqarida yuz bergan va supermarketning yong‘in kelib chiqishiga aloqasi yo‘q.
Yong‘in aniqlangach, darhol barcha ko‘zda tutilgan xavfsizlik choralari ko‘rilgan. Mijozlar va do‘kon xodimlari tezlik bilan xavfsiz joyga ko‘chirilgan. Supermarket xodimlari va mijozlari orasida jabrlanganlar yo‘q.
Hoshimovning qo‘shimcha qilishicha, “Korzinka” favqulodda vaziyat xizmatlari va tegishli idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, ushbu yong‘inda bir nafar fuqaro halok bo‘lgandi. Hozircha vafot etgan shaxsning yoshi va jinsi haqida ma’lumot berilmagan. Voqea joyiga shaxsan FVV vaziri Azizbek Ikromov ham borgan. Yong‘in 16:50 da qurshab olinib, 17:17 da to‘liq bartaraf etilgan.
Live
BarchasiErdo‘g‘an Saudiyaga bordi
03 fevral
Qashqadaryoda YPX mashinasi yonib ketdi
03 fevral