YeOII mamlakatlarida migrantlar soni 1 milliondan oshdi

Olam

image

Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida mehnat migrantlarining umumiy soni 2024 yil yakunlariga ko‘ra 1,1 million kishini tashkil etgan. Bu haqda Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bandlarning eng katta qismi qurilish sohasiga to‘g‘ri keladi (21 foiz), undan keyin savdo (14 foiz), transport va saqlash (7,8 foiz) hamda qayta ishlash sanoati (6,9 foiz) tarmoqlari keladi.

Joriy yilning 2025 yil aprel oyi oxiriga kelib, ittifoqqa a’zo davlatlardagi umumiy ishsizlik darajasi 0,7 foizni (693 ming 700 kishi) tashkil etgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaygan.

Ma’lumot uchun, YeOII hozirda ushbu ittifoqning asos soluvchi shartnomalariga qo‘shilgan 5 ta a’zodan iborat bo‘lib, ular YeOII a’zoligidan kelib chiqadigan imtiyozlar va majburiyatlarga bo‘ysunadi. YeOII tarkibidagi davlatlar majburiy qonunlar doirasida faoliyat yuritadi hamda ittifoqning ijro va sud organlarida teng vakillikka ega. Biroq ular muayyan darajada mustaqillikni saqlab qoladi va YeOII yangi siyosat yoki yangi a’zolarni qabul qilishi uchun barcha a’zolarning yakdil roziligi talab etiladi. Konsensus YeOII faoliyatining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Rossiya, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Belarus tashkilotning to‘liq a’zolari hisoblanadi. O‘zbekiston esa kuzatuvchi maqomga ega.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Mehnat vazirligi 2026 yilda Rossiyaga vizalar bilan boruvchi malakali xorijiy ishchilarni jalb qilish uchun kvotani deyarli 19 foizga, ya’ni 278,9 ming nafarga oshirishni taklif qilgan edi.

Mohichehra Qadamova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya O'zbekiston EOII Evrosiyo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing