YPX xodimlari Husnora Shodiyevani onasidan haqorat qilgani rad etildi (video)
3-sahifa
−
29 aprel 17774 1 daqiqa
Avvalroq, teleboshlovchi Husnora Shodiyeva o‘zining Instagram sahifasida Toshkent shahrida yo‘l-patrul inspektori tomonidan haqoratlanganini iddao qilib chiqqan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat e’lon qildi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 16 aprel kuni poytaxtning Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan. Equinox rusumli transport vositasi yo‘lning uchinchi va to‘rtinchi qatorini yopib qo‘yib, sun’iy tirbandlik hosil qilgan. Bu esa to‘rtinchi qatordan harakatlanish kerak bo‘lgan boshqa haydovchilar noroziligiga sabab bo‘lgan. O‘sha yerda xizmat olib borayotgan yo‘l patrul xizmati xodimi unga tushuntirish berib, oldinga harakatlanishini so‘ragan.
Ammo mashinada musiqani baland qilib tinglayotgan ayol uni eshitmagan. Shundan so‘ng, xodim unga tushuntirish berish uchun baland ovozda gapirishga majbur bo‘lgan.
“Men tomonimdan Equinox haydovchisiga haqoratli so‘zlar ishlatilgani yo‘q, qonun doirasida xizmat olib bordim”, deydi xodim.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, yakunda qonuniy qaror qabul qilinadi.
Live
Barchasi