Yurgen Klopp JCHda ekspert sifatida ishtirok etadi

Sport

image

“Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Germaniyaning “Magenta TV” platformasida ekspert sifatida ishlashini tasdiqladi. Bu haqda “Telekom” xabar berdi.


 “Ko‘pchiligingiz men qaytishni xohlayotganimni bilasiz. Men ham buni tasavvur qilolmagandim. Qaytsammi? Hech narsani sog‘inmayapman deb o‘ylagandim. Lekin endi yana xirillashyapti stadion muhitini his qilishni, o‘yinlarga yaqin bo‘lishni xohlayapman. Yo‘q, murabbiy sifatida emas. 2026 yilgi FIFA Jahon chempionatida “Magenta TV” uchun ekspert bo‘lib ishlayman”, deya izoh berdi Klopp.

Shu tariqa Klopp Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kanada va Meksikada o‘tadigan mundial davomida Germaniya teleradiokompaniyasining asosiy tahlilchilaridan biri bo‘ladi.

58 yoshli mutaxassis 2023-2024 yilgi mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etgach murabbiylikka qaytmagan. U bir necha yirik klub bilan bog‘langan bo‘lishiga qaramay, qaytish niyati yo‘qligini avval ham aytgan edi. Klopp hozirda “Red Bull” tashkilotida xalqaro futbol bo‘yicha rahbar sifatida faoliyat yuritmoqda.

Mutaxassisning kelajagi hanuz noaniq bo‘lib qolmoqda, biroq uning so‘nggi faoliyati Klopp murabbiylikning kundalik bosimi o‘rniga futboldagi strategik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishni afzal ko‘rayotganini ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Liverpul”ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp kelajakda mersisaydliklarni yana boshqarishi “nazariy jihatdan mumkin”ligini ma’lum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati Yurgen Klopp ekspert

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing