“Zapravka”dagi portlash ortidan jinoyat ishi ochildi

3-sahifa

image

Kecha, 16 iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanida joylashgan gaz quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgan edi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, Ko‘kdala tumanida sodir bo‘lgan holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 205- (Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 259- (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tegishli soha mutaxassislari ishtirokida yong‘in ko‘lami va yetkazilgan zararlarning miqdorini aniqlash ishlari olib borilmoqda.

“Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlandi. Tergov harakatlari davom etmoqda”, deydi Shamsuddinov.

Ma’lumot uchun, mazkur hodisada 4 kishi halok bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili 17 dekabr kuni Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchasida dahshatli portlash sodir bo‘lib, oqibatda 4 nafar fuqaro vafot etgan, bir nechtasi esa tan jarohati olgandi.

Mazkur ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tuman sudida ko‘rib chiqilgan. Sud hukmiga ko‘ra, shoxobcha rahbariga 3 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Qolaversa, undan 4 nafar qurbonning qonuniy vakillariga 310 mln so‘mdan jami 1 mlrd 240 mln so‘m ma’naviy zarar, 12 nafar fuqaroviy da’vogarlarga esa jami 2 mlrd 358 mln so‘m moddiy zarar undirish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo portlash Ko'kdala zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing