Zelenskiy Belarusni ogohlantirdi
Olam
−
18 aprel 9513 1 daqiqa
Belarus Ukraina bilan chegara yaqinida yo‘llar qurish va artilleriya pozitsiyalarini jihozlashni boshladi. Bu haqda razvedka ma’lumotlariga tayanib, kecha, 17 aprel kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar berdi.
Unga ko‘ra, Belarus Ukraina bilan chegara yaqinida yo‘llar qurishni boshlagan va artilleriya pozitsiyalarini jihozlamoqda. Shu asosda Zelenskiy bu harakatlarni Rossiyaning navbatdagi urinishi – Belarusni urushga tortish rejasi bilan bog‘ladi.
Ukraina Prezidenti, shuningdek, Belarus rahbariyatiga rasmiy kanallar orqali ogohlantirish yuborganini aytgan. Unga ko‘ra, Ukraina o‘z hududi va mustaqilligini himoya qilishga tayyor.
Zelenskiy o‘z chiqishida Nikolas Maduro misolini ham keltirib, Belarus rahbariyatini xatolardan ogoh bo‘lishga chaqirgan. U Venesueladagi so‘nggi voqealar, jumladan AQSH harbiy amaliyoti va Maduro bilan bog‘liq vaziyatni eslatib o‘tgan.
Avvalroq, Aleksandr Lukashenko mamlakati urushga tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirgan edi. Uning aytishicha, zarurat tug‘ilsa, Belarus armiyasi sonini 500 ming nafargacha oshirish mumkin. Shuningdek, u Belarusga qarshi har qanday hujum “uchinchi jahon urushining boshlanishi” bo‘lishi mumkinligini ham ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Aleksandr Lukashenko kutilmaganda 227-o‘quv poligoniga tashrif buyurib, armiyaning jangovar tayyorgarligini shaxsan tekshirgandi. Lukashenko harbiy xizmatchilarga doimiy mashg‘ulot o‘tkazish zarurligini eslatib, har qanday vaziyatga tayyor bo‘lish kerakligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi