Zelenskiy frontdagi vaziyat so‘nggi 10 oydagi eng yaxshi holatda ekanini aytdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan bo‘layotgan mojarodagi joriy vaziyat haqida gapirdi va Pasxa sulhi borasida yana bir bor fikr bildirdi. Bu haqda u Britaniyaning MI-6 razvedkasi hisobotiga tayangan holda jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Ukraina uchun vaziyat so‘nggi 10 oydagiga qaraganda yaxshiroq rivojlanmoqda. 

“Britaniya razvedkasining xulosasi shunday – vaziyat murakkab, ammo so‘nggi 10 oy ichidagi eng yaxshi holatda. Bu adolatli xulosa. Buni ta’minlayotgan barcha bo‘linmalarimizga minnatdorlik bildiraman”, deydi Zelenskiy.

Shuningdek, Ukraina rahbari Rossiyaning Pasxa sulhini tuzish taklifiga bo‘lgan munosabatiga izoh bergan. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bunga tayyor emas.

“Biz Amerika tomoniga o‘z so‘rovimizni yetkazdik. Ularda Rossiyaga yana o‘z xabarini yetkazish imkoniyati bo‘ladimi-yo‘qmi, bilmayman. Ko‘ramiz. Pasxa bayramida o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifimiz o‘z kuchida qoladi”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti mamlakat istalgan muddatga Rossiya bilan o‘t ochishni to‘liq to‘xtatishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Jumladan, Vladimir Zelenskiy Pasxa bayrami nishonlanadigan vaqtda sulh tuzishga tayyorligini aytgandi. Keyinchalik Kremlning ushbu taklif bo‘yicha pozitsiyasini Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ochiqlagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Zelenskiy front

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing