Jahon kubogida 3 nafar amerikalik bobsleychi chanadan yiqilib tushdi
Sport
−
12 yanvar 894 1 daqiqa
Shveysariyaning Sankt-Morits shahrida bo‘lib o‘tgan bobsley bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida noodatiy holat qayd etildi. To‘rt kishilik musobaqa davomida AQSH terma jamoasi a’zolaridan uch nafari chanadan yiqilib tushib, jamoa diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda “20 Minuten” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Kristofer Xorn boshchiligidagi ekipaj birinchi urinishida bobsley yuqori tezlikka chiqqach, sportchilar o‘z joylarini o‘z vaqtida egallay olmagan. Oqibatda ular yo‘l bo‘ylab tarqalib ketgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sportchilardan biri Xanter Pauell bobsleyning yon tomoniga yiqilib, yo‘l bo‘yidagi yog‘och konstruksiyaga urilib ketgan.
Kristofer Xorn og‘irligi 210 kilogramm bo‘lgan bobsleyni yakka holda marraga olib chiqqan, biroq jamoa qoidabuzarlik sababli diskvalifikatsiya qilingan.
Shuningdek, musobaqa davomida Germaniya terma jamoasi yetakchisi Franchesko Fridrix ham texnik muammolarga duch kelib, oqibatda oltinchi o‘rinni egallagan.
Live
Barchasi