Japarov ham O‘zbekistonga yetib keldi
Jamiyat
−
15 noyabr 2778 1 daqiqa
Bugun, 15 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy martabali mehmonni “Toshkent-Humo” xalqaro aeroportida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib olgan.
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Sammit kun tartibidan Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, ustuvor sohalarda qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan. Mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashiladi.
Ma’lumot uchun, mintaqa davlatlari rahbarlarining muntazam maslahatlashuvlarini o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston yetakchisi tomonidan 2017 yilning sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan. Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvi joriy yilning 15-16 noyabr kunlari Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida faxriy mehmon sifatida ishtirok etish uchun Ilhom Aliyev amaliy tashrif bilan Toshkentga kelgani va Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi“Samarqand darvoza”da Tahoe yonib ketdi
19 dekabr