Japarov Milliy xavfsizlikning yangi raisini rasman lavozimga tayinladi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kecha, 19 fevral kuni Jumgalbek Shabdanbekovni Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Hujjat imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kirdi. Maxsus xizmatning yangi rahbari milliy xavfsizlik, terrorizm va ekstremizm, korrupsiyaga qarshi kurashish, mamlakatda barqarorlikni ta’minlash masalalariga mas’ul bo‘ladi.

Jumgalbek Shabdanbekov 55 yoshda. U 1970 yil 22 sentyabrda Norin viloyatida tug‘ilgan.

Milliy xavfsizlik organlaridagi faoliyatini tezkor xodim sifatida boshlagan. Maxsus xizmat faxriylarining so‘zlariga ko‘ra, u razvedka sohasida maxsus ma’lumotga ega. 

2005 yilda Davlat qo‘riqlash xizmatiga o‘tgan. Axborot-tahlil ishlari boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Bo‘linma yuqori mansabdor shaxslar va davlat ob’ektlariga nisbatan terroristik hamda ekstremistik tahdidlarning oldini olish uchun tezkor ma’lumotlarni to‘playdi va tahlil qiladi.

2020 yil oktyabr oyidan buyon Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi. Bir vaqtning o‘zida u 9-xizmatni – prezident, Jogorku Kenesh Torag‘asi, Oliy va Konstitutsiyaviy sudlar raislari, Vazirlar Mahkamasi rahbari, sobiq prezidentlar va strategik davlat ob’ektlarini qo‘riqlashni ta’minlaydigan bo‘linmani boshqargan.

2021 yildan keyin deyarli barcha xorijiy safarlarda prezidentga hamrohlik qilgan.

2022 yilda unga general-mayor harbiy unvoni berilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10 fevral kuni Sadir Japarov Qamchibek Tashiyevni iste’foga chiqarib, MXDQni isloh qilishini ma’lum qilgandi. Shu kunning o‘zida Qo‘mita boshqaruvi Jumgalbek Shabdanbekovga topshirilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov Qamchibek Tashiev Jumgalbek Shabdanbekov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing