JARdagi dahshatli “avariya”da 13 o‘quvchi halok bo‘ldi
Olam
−
19 yanvar 3754 2 daqiqa
Bugun, 19 yanvar kuni ertalab Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda “iOL” xabar berdi.
Qayd etilishicha, fojiali hodisa avtobus o‘quvchilarni maktabga olib ketayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maktab transporti haydovchisi taxminan to‘rtta avtomobilni quvib o‘tishga uringan va qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 13 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan. O‘quvchilarning 11 nafari voqea joyida vafot etgan, yana bir bola esa olgan og‘ir jarohatlari sabab shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Shuningdek, yana 5 nafar o‘quvchi og‘ir tan jarohatlari bilan shoshilinch ravishda tibbiyot muassasasiga yotqizilgan. Politsiya hodisa yuzasidan to‘liq tergov ishlarini boshlagan.
Mamlakat Prezident Siril Ramafosa o‘quvchilarning vafoti uni chuqur qayg‘uga solganini bildirib, bu voqeani oilalar, maktablar va butun mamlakat uchun og‘ir yo‘qotish deb atagan.
“Farzandlarimiz – millatimizning eng bebaho boyligidir. Biz yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishdan tortib, maktab transporti xizmatlari sifatini ta’minlash va ularning javobgarligini kuchaytirishgacha bo‘lgan barcha choralarni ko‘rib, o‘quvchilarning hayotini himoya qilishimiz shart”, deydi Ramafosa.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning Aqtau shahridan 50 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus ishtirokida yo‘l-trasport hodisasi sodir bo‘lgandi. Hodisa oqibatida 4 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan.
Live
BarchasiSuriyada KIP qo‘mondoni o‘ldirib ketildi
21 yanvar