JCH-2026: Yevropa pley-off o‘yinlariga qur’a tashlandi
Sport
−
20 noyabr 2886 1 daqiqa
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionati final bosqichiga Yevropadan to‘rt yo‘llanma pley-off musobaqalari orqali taqsimlanadi. 16 ta jamoa ishtirokidagi pley-off bosqichiga qur’a tashlandi.

Shuningdek, konfederatsiyalararo pley-off o‘yinlari uchun ham qur’a tashlandi. Bu turnirdagi 6 ta jamoa yana ikki yo‘llanma uchun kurash olib boradi. Musobaqalar 2026 yil mart oyida o‘tkaziladi.
FIFA ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa pley-off turniri yarim final va final bahslaridan iborat bo‘lib, har bir yo‘lda to‘rtta mamlakat ishtirok etadi. Har bir yo‘lning g‘olibi 2026 yilgi Jahon chempionatiga yo‘llanma qo‘lga kiradi. Yarim final bahslari 2026 yigning 26 mart kuni, final bahslari esa 31 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, hozirda Jahon chempionatiga yo‘l olgan 42 ta terma jamoa nomi aniq bo‘lib ulgurgan.
Live
Barchasi