JCH ochilish o‘yinida maydonga tushadigan jamoalar ma’lum bo‘ldi
Sport
−
10:41 1954 1 daqiqa
2026 yilgi futbol bo‘yicha Jahon chempionatining ilk o‘yinida Meksika va Janubiy Afrika terma jamoalari o‘ynaydi. Ochilish o‘yini 2026 yil 11 iyun kuni Mexiko shahridagi “Asteka” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu bahs 1970 va 1986 yilgi Jahon chempionatlari finallariga mezbonlik qilgan, 87 523 tomoshabinga mo‘ljallangan “Asteka” stadionida o‘tkaziladi.
Janubiy Afrika terma jamoasi 2010 yildan keyin ilk bor Jahon chempionatiga qaytmoqda. O‘sha yilgi mundial Janubiy Afrika bo‘lib o‘tgan va turnirning oshilish o‘yinida mezbonlar aynan Meksikaga qarshi maydonga tushgan edi. Oradan 16 yil o‘tib yana ushu jamoalar to‘qnashuvi Jahon chempionatini boshlab beradi.
Ma’lumot uchun, Jahon chempionati 2026 yilning 11 iyunidan 19 iyuliga qadar AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Meksika va Kanada har biri 13 tadan, AQSH esa 78 ta o‘yinga mezbonlik qiladi. Turnirning final uchrashuvi Nyu-Jersidagi “Metlayf” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Portugaliya, Kolumbiya va Yamayka/Kongo/Yangi Koledoniya o‘tish o‘yini g‘olibi bilan birga “K” guruhidan joy olgan edi.