Jey Loning konsertiga chiptalarning 70 foizini xorijliklar sotib olgani aytildi. Ishonamizmi? (video)

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 7 avgust kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor”  stadionida amerikalik megayulduz Jennifer Lopezning konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir uchun 25 mingta chipta sotilgan bo‘lib, shundan 15 mingdan ortig‘ini yoki 68 foizini xorijliklar sotib olgan. Bu haqda “Axborot 24” dasturida xabar berildi.

Qayd etilishicha, mamlakatlar bo‘yicha 7,5 mingta chiptani Rossiya fuqarolari, 2,5 mingdan ortig‘ini Qozog‘iston fuqarolari sotib olgan. Qolgan xaridorlar Yevropa va boshqa mamlakatlardan bo‘lgan.

Konsert chiptalari narxi 1 million so‘mdan 4,2 million so‘mgacha edi. Xabar qilinishicha, konsertga kelgan xorijliklar O‘zbekistonga 4-6 kunlik sayohat uchun tur-paketlarni xarid qilgan.

Eslatib o‘tamiz, kechagi konserdan so‘ng tarmoqlarda xonandaning ochiq kiyingani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Shunday muhokamalar fonida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining rahbari Alisher Qodirov Lopezga ko‘rsatgan bag‘rikenglikni dindor ayollarga ham ko‘rsatishga chaqirib, ro‘mol o‘ragan ayollarni pasport uchun rasmga ro‘molini yechib tushishga majburlashni to‘xtatish kerakligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bunyodkor Jennifer Lopes

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing