Jizzaxda fermer 4,7 mlrd so‘mlik “svet”ni talon-toroj qildi
Olam
−
14 may 4111 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 4 mlrd 739 mln so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tumanda joylashgan “A.E.J.” fermer xo‘jaligi rahbari A.S. quvvati 60 kVt bo‘lgan 8 ta suv nasoslarini elektr hisoblagichdan tashqari ulashi oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 4 mlrd 739 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani aniqlangan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 13 may kuni 301 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 481 ta holatda 3 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi