Jizzaxda IIB xodimi bedarak yo‘qoldi
3-sahifa
−
27 noyabr 14596 1 daqiqa
Jizzax viloyatining Zafarobod tumani IIB PPX va JTSB xodimi Mamayusuf Rahmatullayev bedarak yo‘qoldi. Bu haqda QALAMPIR.UZ so‘roviga asosan Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Mamayusuf Rahmatullayev 27 oktyabr kuni ertalab ishga ketgan. U shundan keyin yashash uyiga qaytmagan. Xodimning qayerga ketgani hozircha ma’lum emas. Olib borilayotgan qidiruv ishlariga qaramay, u hamon topilmagan.
Mamayusuf Rahmatullayevga nisbatan Zafarobod tumani prokuraturasi tomonidan 2025 yil 19 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda bedarak yo‘qolgan ayol o‘lik holda topilgandi.
Live
Barchasi