Jizzaxda “Tayson” qo‘lga olindi (video)

3-sahifa

image

Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida “Tayson” laqabli shaxs boshchiligida ko‘cha bezoriligi va tahdidlar bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy to‘da qo‘lga olindi. Bu haqda Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi. 

Unga ko‘ra, Sharof Rashidov tumani Olmachi mahallasida yashovchi 1986 yilda tug‘ilgan “Tayson” laqabli shaxs, 1990 va 1988 yillarda tug‘ilgan mahalladoshlari bilan bir guruhda bo‘lib, doimiy ravishda fuqarolarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik harakatlarini sodir etib kelgan.

Ma’lum bo‘lishicha, ular fuqarolarni o‘ldirib ketish bilan qo‘rqitib, jamiyatda qo‘rquv va beqarorlik muhitini yuzaga keltirgan. Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur guruh a’zolari jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan, mahalla hududidagi oziq-ovqat do‘koni oldida fuqarolarning tinchligini buzganligi aniqlangan. 1993 yilda tug‘ilgan mahalladoshiga nisbatan zo‘ravonlik qilib, uning bosh qismiga singan shisha bo‘lagi bilan urgan. Janjalni to‘xtatmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolarga ham hech bir sababsiz jarohatlar yetkazib, ularga qarshilik ko‘rsatishgan. Oqibatda jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, o‘ng peshona suyagi sinishi, burun sohasining lat yeyishi tashxisi bilan Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Jizzax filialiga yotqizilgan. 

Mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

E’tiborli jihati shundaki, guruh boshlig‘i muqaddam Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish), 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish), 112-moddasi (o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish), 166 (talonchilik) va 169 (o‘g‘rilik) moddalari bilan sudlangan bo‘lib, avvalgi jazolardan tegishli xulosa chiqarmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda “killer” orqali tanishini o‘ldirmoqchi bo‘lganlar ushlangani haqida xabar berilgandi.

Aliqulov Javohir


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Jizzax Tayson jinoiy to'da

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing