Jonli efirda Prezidentni haqorat qilgan erkak 4 yilga qamaldi (video)

3-sahifa

image

Chet elda yurgan paytida ijtimoiy tarmoq orqali O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxsga sud hukmi o‘qildi.

Qashqadaryoning Kitob tumanida tug‘ilgan, hozirda Navoiy shahrida istiqomat qilayotgan A.Yu. shu yilning fevral oylarida Qozog‘istonning Olmaota shahrida yurgan paytida sarxush holda TikTok platformasi orqali jonli efirga chiqib, davlat rahbarining sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, o‘ta qo‘pol, axloqsiz tarzda turli xil ko‘rinishdagi uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilgan.  

“Men, 2023 yil fevral oyida Sherxon nomli Tiktok profilimda yurtboshimizni haqorat qilganman. Yurtboshimizdan, xalqimizdan, hammadan uzr so‘rayman. Qilgan ishimdan qattiq pushaymonman. Men bilmagan holatda bu gaplarni gapirib qo‘yganman. Qaytib hech qachon bu gapni gapirmayman. Iltimos, meni kechirishlaringizni hammadan so‘rayman”, deydi sudlanuvchi.

Chet davlatlarida bo‘lish muddati tugagan A.Yu. Turkiya, so‘ng Ozarbayjonda bo‘lib, bir muddat qilmishlari unutilishini kutdi. Ammo qonun ustuvor, jazo muqarrar. Prezident Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida A.Yu. aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olindi.

U O‘zbekistonda yashagan vaqtlari ham o‘g‘rilik, bezorilik kabi jinoyatlarni sodir etgan va insonparvarlik tamoyili asosida uni axloq tuzatish bilan jazolagan edi.

Sud hukmiga ko‘ra, A.Yu. Jinoyat kodeksining 158-moddasi uchinchi qismi bilan aybli deb topildi va 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev haqorat Jonli efir

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing