Zidan Fransiya bilan kelishuvga erishdi – Romano

Sport

image

“Real Madrid” sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Fransiya milliy terma jamoasini boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Zidan Fransiya futbol federatsiyasi bilan milliy jamoa bosh murabbiyi lavozimi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishgan. Ta’kidlanishicha, ushbu qarorni tomonlar qish oylaridayoq e’lon qilishlari mumkin edi, biroq amaldagi murabbiy Dide Deshamga hurmat yuzasidan buni oshkor etish kechiktirilgan.

Shuningdek, Zidan avval “Real Madrid”da birga ishlagan murabbiylar – David Bettoni va Hamidu Msaidini o‘z murabbiylar shtabiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, Zinedin Zidan “Real Madrid” bosh murabbiyi sifatida ikki marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan, ikki bor Ispaniya Superkubogini yutgan hamda uch marta Yevropa Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Zinedin Zidan Fabritsio Romano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing