Bugun Braziliya Fransiya bilan o‘ynaydi
Sport
−
26 mart 2176 1 daqiqa
Bugun, 26 martdan 27 martga o‘tar kechasi 2015 yildan beri ilk bor Fransiya va Braziliya terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi. Ushbu uchrashuv Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida AQSHda o‘rtoqlik uchrashuvi maqomida tashkil etilmoqda.
Shuningdek, Fransiya va Braziliya AQSHdagi safarini keyinroq yana bir o‘rtoqlik uchrashuvi bilan davom ettiradi. Lotin Amerikasi vakili joriy yilning 1 aprel kuni Xorvatiyaga qarshi to‘qnash keladi. Fransiya esa O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqibi Kolumbiya bilan bahs olib boradi. Ushbu bahs joriy yilning 30 mart kuniga belgilangan.
Braziliya va Fransiya terma jamoalari 1998 yilgi Fransiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati finalida to‘nash kelgan va unda Fransiya g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Bu jamoalar oxirgi bor esa 2015 yil 15 martda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazgan va unda Braziliya 3:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Ma’lumot uchun, Braziliya terma jamoasi Jahon chempionatida Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan birga “C” guruhidan joy olgan bo‘lsa, Fransiya terma jamoasi esa Senegal, Norvegiya va qit’alararo pley-off g‘olibi bilan birga “I” guruhidan joy olgan.
Live
Barchasi