Zidan o‘zi uchun eng yaxshi futbolchi kimligini aytdi. U Messi ham, Ronaldu ham emas
Sport
−
14 Oktabr 2025 18841 1 daqiqa
“Real Madrid”ning sobiq bosh murabbiyi, shuningdek, fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi deya qaysi o‘yinchini tan olishini aytdi. Bu haqda mutaxassis ESPN nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Agar barcha zamonlarning eng buyuk o‘yinchisini tanlash kerak bo‘lsa, men braziliyalik Ronaldoni tanlar edim. Uning maydondagi harakatlari ajoyib edi. U raqibiga: “Hozir fint qilaman” der va shunday qilardi” dedi Zidan suhbat davomida.
Futbolchilik faoliyati davomida Ronaldo “Kruzeyro”, PSV, “Barselona”, “Inter”, “Real Madrid”, “Milan” va “Korintians” kabi klublarda to‘p tepgan. U eng ko‘p o‘yinni “qirollik klubi” safida o‘tkazgan – 177 ta. Bu o‘yinlarda Ronaldo 104 ta gol urgan. Braziliya terma jamoasi safida sobiq hujumchi 99 ta uchrashuvda maydonga tushib, 62 ta gol urgan va 32 ta golli uzatma bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zidan bir kun kelib terma jamoaga murabbiylik qilish niyatida ekanini ma’lum qilgan edi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi