Humoyun To‘xtamurodov qachon oktagonga qaytadi?

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Humoyun To‘xtamurodov MMA'dagi uzoq kutilgan jangini joriy yil may oyida o‘tkazadi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Hozirda Qo‘qon shahrida mashg‘ulotlar o‘tkazayotgan To‘xtamurodov bir necha kundan so‘ng bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rish uchun Tailandga uchib ketadi.

25 yoshli sportchi Open FC tomonidan o‘tkaziladigan musobaqa doirasida jang qilishi kutilmoqda. To‘xtamurodovning raqibi nomi hozircha noma’lum. Tez orada raqib nomi ham aniq bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq QALAMPIR.UZda Humoyun To‘xtamurdov bilan katta intervyu e’lon qilingandi.

Intervyuda sportchi “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari doirasida qo‘lga olingani sababi va kelgusi rejalari haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

MMA Humoyun To'xtamurodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing