Humoyun To‘xtamurodov ozodlikka chiqdi (video)

Sport

image

O‘tgan yilning 27 noyabr sanasida Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tezkor tadbirlari doirasida MMA jangchisi Humoyun To‘xtamurodov ham ushlangandi. U Qo‘qon shahrida ikki nafar shaxsga tan jarohati yetkazib, hodisa joyidan yashiringanlikda ayblanayotgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, sportchi ozodlikka chiqqan. Kecha, 26 fevral kuni To‘xtamurodov o‘z Instagram sahifasida post qoldirdi, bugun, 27 fevral kuni esa u o‘z sahifasida jonli efir qilib, kuzatuvchilari bilan suhbatlashdi. 

“Meni hech qanday jinoyatchi guruhlar, qonunbuzarlar bilan aloqam yo‘q! OAVda men haqimda aytilgan gumonlarning barchasi asossiz! Yangi O‘zbekistonda qonun ustuvor! Bu yurt non-suvini, mehrini ichib yashagan har bir inson bu yurt qonunlariga ham amal qilib yashashi shart!”, deydi To‘xtamurodov o‘z postida.

Qayd etish joiz, To‘xtamurodovga Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) 3-qismi bilan 3 oylik qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangandi.  Hozircha tegishli idoralar sportchini rasman ozodlikka chiqarilgani haqida rasmiy ma’lumot bermadi. Hisob-kitoblarga tayanadigan bo‘lsak, sportchiga tayinlangan 3 oylik qamoq jazosi muddati tugagan.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyida  sportchining ochiqda yurganligi haqidagi mish-mishlar rad etilgandi.

“Bu yerdagi har bir daqiqamda o‘zim uchun tegishli xulosalarni chiqaryapman. Bundan keyin salbiy holatlar qaytarilmaydi”, degandi To‘xtamurodov

 


Maqola muallifi

Teglar

Humoyun To'xtamurodov Dolzarb 40 kunlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing