Altman OpenAI'ga qaytdi. Uning ishdan olinishi ortida kompaniya hammuassisi turgani aytilmoqda

Texnologiya

image

Joriy yilning 18 noyabr kuni ishdan bo‘shatilgan Sem Altman atigi besh kundan so‘ng OpenAI bosh direktori lavozimiga qaytdi. Kompaniya X ijtimoiy tarmog‘ida Altman va yangi kuzatuv kengashi kelishuvga erishgani va hozir tafsilotlarni muhokama qilayotgani haqida xabar berdi.

17 noyabr kuni OpenAI direktorlar kengashi aniq tushuntirishsiz Sem Altmanni bosh direktor lavozimidan bo‘shatdi, shuningdek, kompaniya asoschisi va prezidenti Greg Brokmandan boshqaruv raisi lavozimini olib tashladi.

Uch kundan so‘ng Microsoft bosh direktori Satya Nadella Altman va Brokman o‘z korporatsiyasida yangi jamoani boshqarishini e’lon qildi.

Ushbu bayonotdan so‘ng, OpenAI'ning 738 nafar xodimi (jami kompaniyada 770 kishi ishlaydi) norozilik xati yozib, Altmanni ishga qayta tiklashni talab qildi.

Sobiq menejerlarni himoya qilish uchun xat imzolagan xodimlar orasida kompaniya ta’sischilaridan biri, direktorlar kengashi a’zosi Ilya Sutskever ham bor edi. Jurnalistlar esa aynan Sutskeverni Altmanning iste’fosi tashabbuskori deb bilishadi. OpenAI va Ilya Sutskever ushbu iddaolarga  izoh bermadi.

“Bloomberg” manbasiga ko‘ra, Altmanning generativ sun’iy intellektni qanday tezda rivojlantirish va mahsulotlarni tijoratlashtirish, shuningdek, uni rivojlanishining jamiyatga potensial zararini kamaytirish haqidagi g‘oyalari uning Ilya Sutskever va kuzatuv kengashi bilan ziddiyatiga sabab bo‘lgan.

Sutskeverni fikrini o‘zgartirishga va oxir-oqibat Altmanni himoya qilish uchun xat imzolashga majbur qilgan sabab esa noma’lum.

Ma’lumot uchun, OpenAI – sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri. ChatGPT tomonidan ishlab chiqilgan. OpenAI'ning asosiy investori va eksklyuziv hamkori Microsoft korporatsiyasi hisoblanadi.

Sem Altman OpenAI asoschilaridan biri. U, shuningdek, odamlarga biometrik ma’lumotlari (to‘r pardasini skanerlash) evaziga bir xil nomdagi kriptovalyutani taklif qilgan Worldcoin loyihasining hammuassislaridan biri edi.


Maqola muallifi

Teglar

OpenAI Sem Al'tman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made