OpenAI asoschisi o‘z kompaniyasidan haydaldi

Texnologiya

image

Sem Altman OpenAI bosh direktori va kompaniya direktorlar kengashi lavozimini tark etdi. Bu haqda kompaniya bayonotida aytiladi. 

"Altmanning ketishi kengashdagi muhokamalardan so‘ng hal bo‘ldi. Kegash endi uning  OpenAI'ni boshqarishda davom eta olishiga ishonmaydi”, deyiladi kompaniya bayonotida.

Uning o‘rniga texnik direktor Mira Murati OpenAI'ning vaqtinchalik bosh direktori etib tayinlangan.

Direktorlar kengashi bayonotida shunday deyiladi: 

“OpenAI ataylab bizning vazifamizni ilgari surish uchun tuzilgan: umumiy maqsadli sun’iy intellekt butun insoniyatga foyda keltirishini ta’minlash. Kengash ushbu missiyani amalga oshirishga to‘liq sodiq qoladi. Biz Semning OpenAI'ga asos solinishi va rivojlanishi  uchun qo‘shgan hissasidan minnatdormiz. Shu bilan birga, biz oldinga siljishda yangicha boshqaruv zarur deb hisoblaymiz. Kompaniyaning tadqiqot, mahsulot ishlab chiqish va xavfsizlik bo‘limi boshlig‘i sifatida Mira muvaqqat bosh direktor lavozimida ishlash uchun noyob malakaga ega. Biz uning ushbu o‘tish davrida  OpenAI'ni boshqarish qobiliyatiga to‘liq ishonamiz”, deyiladi kompaniya xabarida.

“The Verge” kompaniya direktorlar kengashining qarorini o‘ta kutilmagan deb atadi, chunki Altman OpenAI'ning asosiy "figurasi" bo‘lgan.

OpenAI – sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri. ChatGPT tomonidan ishlab chiqilgan. OpenAI'ning asosiy investori va eksklyuziv hamkori Microsoft korporatsiyasi hisoblanadi.

Sem Altman OpenAI asoschilaridan biri. U, shuningdek, odamlarga biometrik ma’lumotlari (to‘r pardasini skanerlash) evaziga bir xil nomdagi kriptovalyutani taklif qilgan Worldcoin loyihasining hammuassislaridan biri edi.


Maqola muallifi

Teglar

OpenAI Sem Al'tman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made