O‘zbekiston Prezidentining JST masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etildi. Bu Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda nazarda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, 2023 yilning 1 iyulidan boshlab Jahon savdo tashkiloti qoida va me’yorlariga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish taqiqlanadi.

Adliya vazirligiga milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish funksiyasi yuklandi. Buning uchun ilgari maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan qo‘shimcha 5 shtat birligi ajratiladi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tuzilmasida maxsus departament hamda yana 20 ta vazirlik va idoralar joriy shtatlari doirasida tegishli bo‘linmalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

A.Urunov O‘zbekiston Prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga hamda Idoralararo komissiya raisining o‘rinbosari etib tayinlandi.

JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish maxsus vakilning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. 


Maqola muallifi

Teglar

JST maxsus vakili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing