“Jiguli”ning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvida bir oilaning 2 a’zosi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 4 may kuni soat 19:30 da Samarqand viloyatining Urgut tumanida yengil avtomobilning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi natijasida bir oilaning 2 a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda tergov departamenti xabar berdi.

YTH “Tinchlik” mahallasi hududidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lining 33 kilometrida yuz bergan. Haydovchi 27 yoshli F.R.ning boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashinasini mast holatda Samarqand yo‘nalishi tomonidan Tojikiston Respublikasi yo‘nalishi tomonga qarab boshqarib kelayotgan vaqtida, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan haydovchi 29 yoshli Z.A. boshqaruvidagi “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashinasining o‘ng yon tomoniga urilgan.

To‘qnashuv natijasida “Gaz-5327” rusumli yuk avtomashina yo‘lovchilari (haydovchining turmush o‘rtog‘i va farzandi) 22 yoshli D.S. va voyaga yetmagan 2 yoshli A.N. og‘ir tan jarohati olib hodisa joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Samarqand

Baholaganlar

91

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made