AQSH Meksikaga “El Mencho”ni yo‘q qilishda yordam bergan

Olam

image

AQSH harbiylari va narkokartellar haqida razvedka ma’lumotlarini to‘plashga ixtisoslashgan yangi guruh “Xalisko yangi avlod” yetakchisi Nemesio Osegera Servantesni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiyani tashkil etishga hissa qo‘shgan. Bu haqda agentlik AQSH Mudofaa vazirligidagi manbaga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Gap 2026 yil yanvarida tuzilgan Joint Interagency Task Force-Counter Cartel guruhi haqida bormoqda. Uning tarkibiga AQSHning bir nechta hukumat idoralari kiradi. Guruh AQSH va Meksika chegarasining har ikki tomonida faoliyat yuritayotgan narkokartel tarmoqlarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan.

Nashr manbasining ta’kidlashicha, operatsiyaning o‘zi Meksika harbiylari tomonidan amalga oshirilgan. AQSH esa Servantes haqida batafsil ma’lumotnoma to‘plab, uni Meksika rasmiylariga taqdim etgan. Manbaga ko‘ra, Joint Interagency Task Force-Counter Cartel rahbari AQSHning Meksikadagi asosiy nishonlaridan biri bo‘lgan.

AQSH Mudofaa vazirligining yana bir vakili nashrga yangi tezkor guruh Vashingtonning narkosavdoga qarshi strategiyasiga mos kelishini bildirgan. Ushbu strategiya doirasida AQSH harbiylari Meksika bilan chegaradagi vaziyat ustidan nazoratni yanada kuchaytirishga intilmoqda.

Joint Interagency Task Force-Counter Cartel bo‘yicha ekspert Karlos Olivo jurnalistlarga bergan izohida kartel yetakchisi o‘ldirilganidan so‘ng “Xalisko yangi avlod” ichidagi fraksiyalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar va zo‘ravonliklar yillar davom etishi mumkinligini taxmin qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Servantes 22 fevral kuni Meksika maxsus kuchlari operatsiyasi vaqtida o‘ldirilgan. Mamlakat Mudofaa vazirligi ma’lum qilishicha, harbiylar hujumga uchragan, otishmada kartelning to‘rt a’zosi halok bo‘lgan, uch kishi og‘ir yaralangan va yo‘lda vafot etgan. Ular orasida Servantes ham bo‘lgan.

Uning o‘limi ortidan kamida to‘qqiz shtatda tartibsizliklar boshlangan. Avtomobillar va do‘konlarga o‘t qo‘yish, yo‘llarni to‘sish holatlari kuzatilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Meksika El' Mencho

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing