AQSH YeIni so‘z erkinligini cheklashda aybladi

Olam

image

AQSHdagi Respublikachi qonunchilar Yevropa Komissiyasini so‘z erkinligini cheklash, konservativ qarashlarni nishonga olish va Yevropa davlatlaridagi saylovlarga aralashishda aybladi. Bu haqda AQSH Kongressining Respublikachilar nazoratidagi Adliya qo‘mitasi tayyorlagan hisobotda so‘z boradi.

Hisobotda keltirilishicha, Yevropa Komissiyasi o‘n yil davomida ijtimoiy tarmoqlarga bosim o‘tkazgan. Qonunchilarga ko‘ra, bu bosim amerikalik foydalanuvchilarning so‘z erkinligini cheklagan.

Shuningdek, qonunchilar Yevrokomissiya platformalarni kamsitish va yolg‘on xabarlarga qarshi kurash bahonasida siyosiy kontentni o‘chirishga majbur qilgan. Bu esa asosan konservativ OAVlarga qaratilganini aytmoqda. Oqibatda COVID-19, migratsiya va transgender masalalari bo‘yicha muhokamalar cheklangan, jamoatchilikka yetarlicha axborot yetib bormagan.

Hisobotda, shuningdek, Yevropa Komissiyasi 2023–2025 yillarda Fransiya, Irlandiya, Niderlandiya, Ruminiya, Slovakiya hamda Moldova saylovlariga, shuningdek, 2024 yilgi Yevropa Parlamenti saylovlariga aralashganlikda ayblanmoqda.

Mazkur tanqidlarni X ijtimoiy tarmog‘i egasi Ilon Mask ham ma’qullagan. U Yevropa Ittifoqining raqamli qoidalarini, jumladan, Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni (DSA) senzura vositasi sifatida baholab kelmoqda.

Mask bu ayblovlarni Yevropa Ittifoqi X’ni  (sobiq Twitter) DSA talablarini buzganlik uchun 120 million yevro jarimaga tortganidan so‘ng qo‘llab-quvvatladi.

Biroq Yevropa Komissiyasi va mustaqil ekspertlar bu da’volarni qat’iyan rad etmoqda. Yevrokomissiya matbuot kotibi Tomas Rene ularni asossiz ekanini va so‘z erkinligi Yevropa Ittifoqida asosiy huquq ekanini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, DSA senzura emas, balki platformalarda shaffoflikni oshirishga xizmat qiladi. 

“2025 yilning birinchi yarmida Meta Yevropa Ittifoqida kontent moderatsiyasi bo‘yicha 24,5 million qaror chiqardi va ularning qariyb 30 foizi bekor qilindi. Bu aynan DSA tufayli amalga oshdi”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yevropa Komissiyasi TikTok’ning Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganini aniqlagani haqida xabar berilga edi. Buning ortidan TikTok’ga jahon bo‘yicha yillik daromadining 6 foizigacha jarima solinishi mumkin.

Farangiz Sunnatova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Evropa Ittifoqi EI so'z erkinli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing