Andijonda 23 yoshli qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘ldi (video)

Olam

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bir qiz o‘zini ko‘prikdan tashlamoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy ma’lumot berdi. 

Aniqlanishicha, bugun, 14 yanvar kuni soat 8:00 da atrofida Andijon tumanida yashovchi 23 yoshli qiz ruhiy holati o‘zgargani sabab Andijon shahrining Ishchilar mahallasi Navoiy shoh ko‘chasi ustida joylashgan ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan. 

Voqea joyiga zudlik bilan tergov guruhi a’zolari yetib kelib, boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda ushbu ko‘ngilsiz holatning oldi olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida 22 yoshli yigit 16 qavatli uyning tomidan o‘zini tashlab halok bo‘lgandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan va Termiz shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing