Andijonda 9 yoshli bola ZIL urib ketishi oqibatida vafot etdi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 9 yoshli bolani ZIL mashinasi urib ketdi. Bu haqda Andijon viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 24 fevral kuni soat 15:56 da, Baliqchi tumani “Eski Markaz” mahallasii hududidan o‘tgan D-105 avtomobil yo‘lining “Farg‘ona halqa yo‘li” 103-kilometrida, 2002 yilda tug‘ilgan A.J. o‘zining “Zil 130” rusumli yuk transport vositasini boshqarib kelayotgan bo‘lgan va oldinda tartibga solingan chorrahadagi piyodalar o‘tish joyidan keskin yugurib chiqqan piyoda, 2017 yilda tug‘ilgan H.M.ni urib yuborgan. Boshqaruvni yo‘qotgan haydovchi chorrahada to‘xtab turgan Sobalt rusumli transport vositasi bilan to‘qnashgan.

Ushbu yo‘l transport hodisasi oqibatida voyaga yetmagan piyoda H.M. olgan tan jarohatlari bilan shifoxonada ko‘rsatilgan tibbiy muolajalariga qaramasdan vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanida HOWO rusumli yuk mashinasi velosipeddagi kurerni urib ketishi oqibatida u vafot etgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon piyoda Baliqchi ZIL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing