Andijonda erkakni “shantaj” qilib, 20 ming dollar olmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijon viloyatida 24 yoshli erkakni “shantaj” qilish bilan qo‘rqitgan ayollar ushlandi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2001 yilda tug‘ilgan ayol o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan Toshkent shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan ayol bilan oldindan jinoiy til biriktirgan. Ulardan biri TikTok ijtimoiy tarmog‘i orqali Andijon tumanida yashovchi 2002 yilda tug‘ilgan erkak bilan tanishib ishqiy munosabat o‘rnatgan.

Shundan so‘ng jabrlanuvchining shaxsiga oid fotosuratlar ustiga turli uyatli va haqoratli so‘zlar yozib, ushbu materiallarni o‘chirib tashlash evaziga jabrlanuvchidan jami 20 ming AQSH dollar pul talab qilgan. 

Tezkor tadbir davomida gumonlanuvchilar kelishilgan mablag‘ning bir qismini 7000 AQSH dollarini bank plastik kartasiga o‘tkazib olayotgan paytda tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining Denov tumanida avvaldan ishqiy munosabatda bo‘lgan erkakning videolarini tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan ayol ushlangani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon shantaj tovlamachilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing