Andijonda agentlik bosh mutaxassisi 15 ming dollar pora bilan ushlandi

Olam

image

Andijon viloyatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi 15 ming dollar bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Davlat mulki ob’ektlaridan samarali foydalanish markazining Andijon viloyati hududiy boshqarmalari tomonidan mahalliy tadbirkor bilan Izboskan tumanidagi ko‘chmas mulk ob’ektini asosiy to‘lovlarini to‘lash sharti bilan sotib olish haqida tuzilgan uch tomonlama shartnoma shartlariga tadbirkor rioya qilmagani ro‘kach qilinib, shartnomani bekor qilish, ustama va jarima undirish yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga apellyatsiya shikoyati kiritilgan.

Bundan xabardor bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali sud ajrimini tadbirkor foydasiga hal etish va tuzilgan shartnomani bekor qilmaslik evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan.

Bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Andijon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing