“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ muhandisi ham 15 ming dollar pora talab qildi
3-sahifa
−
07 may 5049 1 daqiqa
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali muhandisi tadbirkordan qarzni kamaytirib berish evaziga 15 ming dollar talab qildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali muhandisi Andijon tumanida faoliyat yurituvchi yakka tartibdagi tadbirkorning sholi quritish sexida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani holati yuzasidan rasmiylashtirilgan dalolatnoma bo‘yicha 650 mln so‘m zarar hisoblanishini aytib, uni 40 mln so‘mga kamaytirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qilgan.
Shundan so‘ng, u aytilgan pullardan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi 15 ming dollar bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi