Andijonda 16 yoshli qiz “samosud” qilindi (video)
3-sahifa
−
08 may 7451 2 daqiqa
Kecha, 7 may kuni Andijon viloyatida bir guruh ayollar 16 yoshli qizni “samosud” qildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Asaka tumanida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan qiz hamda Shahrixon tumanida yashovchi 1997 yilda tug‘ilgan ayol o‘rtasida Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylangan post ostida qoldirilgan izohlar ortidan o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqan. Keyinchalik mazkur ziddiyat haqoratli so‘zlar va o‘zaro tortishuvlarga ulanib ketgan.
“Qiz bola tanishim mening Instagram tarmoqlaridagi postimga haqorat qilib yozgani uchun o‘zini lichkasiga yozdim. Menda gapingiz bo‘lsa lichkamga yozing, gaplashib olaylik, desam shu yerda biroz tortishib ketdik. O‘zi telefon qilib chaqirdi. Shuning uchun xo‘p deb bordim, gaplashib olaylik deb. Gaplashdik, o‘zi xohlab chiqdi o‘sha joyga. Men uni pullari yoki tillalarini olganim yo‘q, uni urib tan jarohati yetkazganim yo‘q. Keyin kelishib oldik”, deydi holat ishtirokchilaridan biri.
Shundan so‘ng soat 14:30 larda 2010 yilda tug‘ilgan qiz va uning kursdoshi hamda 1997 yilda tug‘ilgan ayol o‘zining bir nechta tanishlari bilan Asaka va Marhamat tumanlari chegarasida joylashgan adirlik hududiga borgan. U yerda voyaga yetmagan qizga nisbatan haqoratli munosabatda bo‘linib, undan uzr so‘ratilgan hamda ushbu jarayon videotasvirga olingan.
Bildirilishicha, ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Hodisada ishtirok etgan shaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoro viloyatida voyaga yetmagan qizlar “samosud” qilingan edi.
Live
Barchasi