Arauxo psixologik muammolar sabab Quddusga yo‘l oldi  

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Ronald Arauxo psixologik muammolarni yengib o‘tish va ruhiy tiklanish uchun Quddusga uchib ketdi. Bu haqda “One” nashri xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, urugvaylik futbolchi Isroilga qisqa muddatli tashrif buyurib, xristian olamining muqaddas joylarini ziyorat qilmoqchi. Arauxo avvalroq klubdan o‘zini tiklash uchun vaqt so‘ragan. U bir necha bor kuchli bezovtalik (tashvish) xurujlarini boshdan kechirgan va hissiy jihatdan og‘ir ahvolda bo‘lgan.

Bosh murabbiy Xans-Diter Flik dastlab himoyachida rotavirus infeksiyasi borligini ma’lum qilgan edi. Biroq keyinchalik bu kasallik emas balki ruhiy holat bilan bog‘liq ekanligi ma’lum bo‘ldi. 

26 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Barselona” safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urgan. U noyabr oyining oxiridan beri o‘yinda ishtirok etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jurnalist va insayder Xuanma Kastano Arauxoning muammolari jiddiyroq ekani va u boshqa hech qachon “Barselona”da o‘ynamasligi mumkinligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil “Barselona” Ronald Araujo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing