Avstraliyalik mashhur parashyutchi mashqlar paytida halok bo‘ldi

Olam

image

Avstraliya armiyasining yuqori malakali parashyutchisi, 50 yoshli Laklan Meddl Yangi Janubiy Uels janubiy sohilidagi Jervis Bey aerodromida o‘tkazilgan o‘quv mashqlari vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda ABC News xabar berdi.

Hodisa kecha soat 17:40 atrofida boshqa bir desantchi bilan havoda to‘qnashuv oqibatida sodir bo‘lgan.

Avstraliya armiyasi maxsus operatsiyalar qo‘mondoni general-mayor Gart Gouldning aytishicha, serjant Meddl parashyut mashg‘ulotlariga ixtisoslashgan o‘quv darslarida yordam berayotgan bo‘lgan.

“Parashyutlar muvaffaqiyatli ochilganidan so‘ng, bizga ma’lum bo‘lishicha, har ikki parashyutchi qo‘nish hududiga qarab manyovr qilayotgan vaqtda yerdan bir necha yuz fut (taxminan 300 metr) balandlikda to‘qnashgan”, degan Gart Gould.

Avstraliya Mudofaa Kuchlari Parashyut maktabining serjanti bo‘lgan ikkinchi parashyutchi yengil jarohatlar bilan omon qolgan va serjant Meddlga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

“Har ikki parashyutchi ham yuqori malakali edi. Ular minglab sakrashni amalga oshirgan”, degan general-mayor Gould.

Uning ta’kidlashicha, serjant Meddlning o‘limi “juda chuqur qayg‘u bilan qabul qilingan”.
Gouldning so‘zlariga ko‘ra, hodisa kam yorug‘lik sharoitida sodir bo‘lgan va mashg‘ulot ishtirokchilari tungi ko‘rish ko‘zoynaklaridan foydalangan.

Serjant Meddlning o‘limi so‘nggi yillarda parashyut bilan bog‘liq ikkinchi o‘lim holati bo‘ldi. 2024 yilda Jek Fitsgibbon Sidneydagi

Richmond bazasida parashyut bilan sakrash paytida olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan edi.

Shabnam Radjabova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

to'qnashuv Avstraliya parashyutchi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing