Bugun O‘zbekiston Avstraliya bilan o‘ynaydi

Sport

image

Bugun, 13 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogi 3-tur doirasida maydonga tushadi. Sergey Chigodayev shogirdlari bu turda Avstraliya bilan kuch sinashadi. 

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi bahs Osiyo kubogi “D” guruhi g‘olibini aniqlab beradi. Uchrashuvda g‘alaba qozongan jamoa guruhda birinchi o‘rinni egallaydi. Durang natija esa Avstraliya terma jamoasining peshqadamligini saqlab qoladi.

Har ikki jamoa ham Hindiston ustidan g‘alaba qozongani sabab guruhdan chiqish masalasini hal qilgan va joriy yil bo‘lib o‘tadigan 17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Guruhdagi to‘rtinchi jamoa — Shimoliy Koreya musobaqaga kelmagani sababli, jamoalar guruh bosqichida faqat ikkita uchrashuv o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, ushbu yosh toifasidagi Jahon chempionati joriy yilning 19 noyabridan 13 dekabriga qadar Qatar yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Avstraliya Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing