Ayollarni fohishalik uchun Turkiyaga yuborayotganlar ushlandi
3-sahifa
−
10:44 2729 1 daqiqa
Toshkent shahrida ayollarni aldab Turkiyaga yuborayotgan uch kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, 1997-, 1998- va 2003-yillarda tug‘ilgan bir nafar ayol va ikki nafar erkakdan iborat guruh oldindan til biriktirgan. Ular oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan ayollarni chet elga sotib yubormoqchi bo‘lgan.
Shundan so‘ng, guruh a’zolari Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridan bo‘lgan ikki nafar ayolning ishonchiga kirib, ularni Turkiyaga ishlash uchun jo‘natishni va’da qilgan. Aslida esa, moddiy manfaat evaziga ushbu fuqarolarni Istanbul shahriga shahvoniy ekspluatatsiya qilishni rejalashtirgan.
Joriy yilning 3-fevral kuni to‘da vakillari jabrlanuvchilarni Toshkent–Istanbul aviareysi orqali xorijga yuborish uchun hujjatlarni rasmiylashtirayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi ochilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 4 nafar ayolni Rossiyaga fohishalik uchun sotib yuborishga uringan 32 yoshli ayol qo‘lga olingandi.
Live
Barchasi