Baxtiyor Saidov Hoqon Fidan bilan gaplashdi
Jamiyat
−
25 mart 1227 1 daqiqa
Bugun, 25 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Uning bildirishicha, muloqot davomida kengayib borayotgan ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilingan, oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlashning amaliy mexanizmlari ko‘rib chiqilgan, shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar yuzasidan fikr almashilgan.
“Yaqin Sharqdagi vaziyatga to‘xtalib, mavjud masalalarni faqat muloqot va diplomatik yo‘llar orqali hal etilishi zarurligi ta’kidlandi”, deydi Saidov.
Shuningdek, suhbat yakunida strategik sheriklikni yanada rivojlantirish va uning salohiyatidan to‘liq foydalanish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni kuchaytirishga kelishib olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxtiryor Saidov Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlarning Tashqi ishlar vazirlari norasmiy uchrashuvi doirasida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan uchrashgan edi.
Live
Barchasi