Bangladeshda bolalar “suzuvchi maktablar”da tahsil olmoqda (foto)
Bu qiziq
−
08 Oktabr 2395 2 daqiqa
Bangladeshning suv toshgan hududlarida quyosh energiyasi bilan ishlaydigan “suzuvchi maktablar” faoliyat olib bormoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, shunday maktablarning birida tahsil oluvchi 10 yoshli Safiqul Islom har kuni ertalab mamlakatning g‘arbiy qismidagi joylashgan suv bosgan qishlog‘ining chekkasida to‘g‘ridan to‘g‘ri ostonasiga suzib boruvchi sinfini kutadi.

Uning uyi 26 kvadrat kilometr (10 kvadrat milya) bo‘lgan keng botqoqli Chalan Beelda joylashgan bo‘lib, u yerda mavsumiy suv toshqinlari ko‘pincha yo‘llarni yo‘q qilib tashlaydi va butun qishloqlarni suv ostida qoldiradi.

Nashrga ko‘ra, “Suzuvchi maktab” g‘oyasi 2002 yilda me’mor Muhammad Rezvan tomonidan o‘ylab topilgan. U stipendiya pulining 500 dollaridan foydalangan holda bu tashabbusga asos solgan. Loyiha Shidhulai Swanirvar Sangstha (SSS) notijorat tashkiloti tomonidan boshqariladigan umummilliy modelga aylangan.

Hozirda bu g‘oya 100 dan ortiq qayiqlar maktablar, kutubxonalar va poliklinikalar sifatida xizmat qiladi. Loyihada 22 000 dan ortiq o‘quvchi tahsil olgan va bu yilgi faoliyati uchun UNESCO'ning Savodxonlik bo‘yicha Konfutsiy mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Xususan, Chalan Beelda yigirmaga yaqin qayiq haftasiga 6 kun daryo bo‘yidagi qishloqlarga tashrif buyurib, sinf xonasi bo‘lib xizmat qiladi. Maktab qayiqlari mahalliy yog‘ochdan yasalgan bo‘lib, o‘rindiqlar, doskalar va kitob javonlari bilan jihozlangan. Quyosh panellari esa chiroqlar va kompyuterlarni quvvatlantiradi.
Darslar kuniga uch smenada olib boriladi, har biri taxminan uch soat davom etadi. O‘qituvchilar talabalarni yig‘ish, bengal tili, matematika va umumiy bilimlar bo‘yicha darslarni o‘tkazish uchun tor suv yo‘llarida harakat qiladi.
“Umrim davomida men ko‘p narsaga ega bo‘lmaganman va bu bolalarda ham ko‘p narsa yo‘q. Lekin ularga maktab, sog‘liqni saqlash va butun dunyo bo‘ylab takrorlanishini ko‘rish – bu menga turtki beradi”, deydi g‘oya asoschisi, Yel universitetining Jahon tadqiqotchisi Rezvan.
Live
Barchasi