“Barselona” Reshfordni sotib olmaydi: MYU uni qaytarib olmoqchi

Sport

image

“Barselona” ijara muddati yakunlangach, “Manchester Yunayted”ga tegishli bo‘lgan ingliz hujumchisi Markus Reshfordni to‘liq transfer qilishni rejalashtirmayapti. Bu haqda “Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, kataloniyaliklar moliyaviy cheklovlar tufayli futbolchini qo‘yib yuborishga qaror qilishi mumkin, chunki klubda uning transferini to‘liq sotib olish uchun yetarli mablag‘ mavjud emas.
O‘z navbatida, “Manchester Yunayted” Reshfordni yana o‘z safiga qaytarishga umid qilmoqda. Klub yaqinda Markus bilan kelisha olmagan bosh murabbiy Ruben Amorimni iste’foga chiqardi. “Yunayted” rahbariyatining fikricha, yangi murabbiy qo‘l ostida Rashford jamoadagi yetakchilik o‘rnini yana tiklashi mumkin.

Ma’lumot uchun, Markus Reshford 2025 yil iyul oyidan buyon “Barselona”da ijara asosida to‘p surib kelmoqda. U kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuv o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” “Manchester Yunayted” Markus Reshford

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing