Buxoroda yana 4 magnitudali zilzila bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 01:32 da yuz bergan. Magnitudasi 4, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 519 km janubiy-g‘arbda joylashgan Jondor tumanida. Koordinatalari: 40,28 daraja shimoliy kenglik, 63,19 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • G‘azli shahrida 3 ball, 28 km;
  • Peshku tumanida 2-3 ball, 38 km;
  • Qorako‘l tumanida 2 ball, 56 km;
  • Jondor tumanida 2 ball, 57 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni O‘zbekiston hududida 3,8 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Buxoro zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing