Buxoroda zilzilalar to‘xtamayapti: 1 kunda 3 marta yer qimirladi

Jamiyat

image

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston hududida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, yer qimirlashi soat 10:44 da yuz bergan. Magnitudasi 4, chuqurligi 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 526 km janubiy-g‘arbda joylashgan Jondor tumanida. Koordinatalari: 40,26 daraja shimoliy kenglik, 63,11 daraja sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Gazli shahrida 2-3 ball, 32 km;
  • Peshko‘ tumanida 2 ball, 44 km;
  • Qorakol tumanida 2 ball, 54 km;
  • Jondor tumanida 2 ball, 60 km.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 21 may kuni Buxoro viloyatida 3,8, 3,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Qolaversa, bugun, 22 may kuni Buxoro viloyatida 4 va 3,8 magnitudali zilzila bo‘ldi. 


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing