Diqqat! Bugun poytaxtda chang-to‘zon ko‘tariladi

Bu qiziq

image

Bugun, 16 iyun kuni O‘zbekistonning ayrim hududlarida, jumladan Toshkent shahrida kuchli shamol va ayrim joylarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Shu munosabat bilan poytaxt aholisi va mehmonlaridan ehtiyot choralariga amal qilish so‘raldi.

Jumladan:

  • zarurat bo‘lmasa, kuchli shamol vaqtida ochiq hududlarda qolmaslik;
  • daraxtlar, reklama konstruksiyalari, elektr simlari va yengil qurilmalar yaqinida turmaslik;
  • avtomobillarni daraxtlar va mustahkamlanmagan boshqa konstruksiyalar ostida qoldirmaslik;
  • chang-to‘zon vaqtida imkoni boricha derazalarni yopiq saqlash tavsiya etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq joriy yilning 16–19 iyun kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

poytaxt shamol chang-to'zon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing