Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda
Jamiyat
−
06 mart 1334 1 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida vaziyat nisbatan barqarorlashdi. Shu sababli Dubay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar tiklanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasining Dubay shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, havo hududi ochilgani munosabati bilan Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar “UzAirways”, “CentrumAir” va “Qanotsharq” aviakompaniyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5–6 mart kunlari “UzAirways” reyslari, 6 mart kuni “CentrumAir” reysi Toshkentga bo‘sh joylar bilan qaytgan.
Shuningdek, so‘nggi kunlarda “FlyDubai” va “Air Arabia” aviakompaniyalari orqali chipta olgan, ammo reyslari bekor qilingan yoki kechiktirilgani sababli Dubayda qolib ketgan o‘zbekistonliklar:
- o‘z tur-operatorlari yoki aviakompaniyalar bilan aloqaga chiqib, kunlik amalga oshirilayotgan reyslar orqali O‘zbekistonga qaytish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin.
- Bosh konsulxona xodimlari fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida tunu kun ishlashda davom etmoqda.
- Vaziyat yuzasidan faqat rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan axborotlarga tayanish, tasdiqlanmagan ma’lumotlar va turli mish-mishlarga ishonmaslik so‘raladi.
Eslatib o‘tamiz, Yaqin Sharqdagi keskinlik sabab joriy yil 1 martdan 5 mart kuni soat 10:00 gacha O‘zbekistonga jami 9 361 kishi evakuatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi